Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 20-may

1. Umumiy ma'lumot

TeleTrack ("biz", "xizmat") — Meta Ads orqali Telegram kanal/guruhlarga obunalarni kuzatish va Conversion API (CAPI) signallarini yuborish uchun mo'ljallangan SaaS platformasi. Ushbu siyosat qanday ma'lumot to'planishi va ishlatilishini tushuntiradi.

2. To'planadigan ma'lumotlar

  • Akkaunt ma'lumotlari: elektron pochta, parol (xeshlangan holda), Google profil ma'lumotlari (agar Google bilan kirsangiz).
  • Mijoz konfiguratsiyalari: Meta Pixel ID, Telegram bot tokeni, kanal ID, landing sozlamalari.
  • Marketing kuzatuv ma'lumotlari: fbclid, fbp, fbc, UTM parametrlar, IP-manzil, brauzer User-Agent — Meta CAPI uchun.
  • Telegram foydalanuvchi ma'lumotlari: telegram_user_id, ismi, username — faqat sizning kanalingizga qo'shilgan obunachilar.
  • To'lov ma'lumotlari: chek skrinshotlari (faqat siz va admin ko'radi).

3. Ma'lumotlardan foydalanish

  • Meta Conversion API'ga konversiya signallarini yuborish (sizning Pixel ID'ingiz orqali).
  • Dashboard'da statistika, hisobotlar va analitika ko'rsatish.
  • Hisob xavfsizligini ta'minlash, firibgarlikni aniqlash.
  • Xizmatni yaxshilash uchun anonim agregat tahlil.

4. Uchinchi tomon xizmatlari

  • Meta (Facebook): Conversion API orqali — IP, User-Agent, fbp, fbc, hashlangan PII yuboriladi.
  • Telegram Bot API: invite linklar yaratish va webhook orqali a'zolik hodisalarini olish.
  • Supabase (Lovable Cloud): ma'lumotlar bazasi va backend hosting.
  • Google OAuth: agar Google bilan kirsangiz, faqat email va profil ma'lumotlari olinadi.

5. Ma'lumotlarni saqlash muddati

Akkaunt o'chirilmaguncha ma'lumotlar saqlanadi. Akkauntni o'chirish uchun support bilan bog'laning. Klik va event log'lar 12 oygacha saqlanadi.

6. Xavfsizlik

Barcha ma'lumotlar HTTPS orqali uzatiladi. Parollar xeshlanadi (bcrypt). Maxfiy tokenlar (bot_token, access_token) server tomonida saqlanadi va frontend'ga uzatilmaydi. Row-Level Security (RLS) orqali har bir foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi.

7. Sizning huquqlaringiz

  • O'z ma'lumotlaringizni ko'rish, eksport qilish (CSV) va o'chirish.
  • Akkauntdan istalgan vaqtda voz kechish.
  • Marketing xabarlardan unsubscribe qilish.

8. Cookies

Biz autentifikatsiya va sessiya uchun zaruriy cookie'lardan foydalanamiz. Analitika uchun uchinchi tomon trekerlari ishlatilmaydi.

9. Facebook (Meta) ma'lumotlari

"Facebook bilan ulash" orqali siz ruxsat bergan reklama akkauntlari va pixellar ro'yxatini o'qiymiz, tanlangan reklama akkauntida pixel yaratamiz va Conversions API orqali faqat siz ulagan pixelga konversiya hodisalarini yuboramiz. Kirish tokeni serverda saqlanadi va brauzerga hech qachon berilmaydi. Reklama, auditoriya yoki byudjetlaringizni o'zgartirmaymiz.

10. Ma'lumotlarni o'chirish

Facebook ulanishini istalgan vaqtda uzishingiz mumkin: Facebook → Sozlamalar → Biznes integratsiyalari → TeleTrack → O'chirish. Barcha ma'lumotlaringizni (hisob, kanallar, tokenlar, statistika) o'chirish uchun @TeleTrack_robot ga yozing ga yozing — 30 kun ichida o'chiriladi.

11. Aloqa

Savol yoki shikoyat bo'lsa: @TeleTrack_robot ga yozing